UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI: AHMAD AL-FARG‘ONIYNING ILMIY JASORATI.
Keywords:
Kalit so’zlar: Ahmad al-Farg‘oniy, astronomiya, Sharq, matematika, geodeziya, Bayt ul-Hikma, Bag‘dod.Abstract
Annotatsiya:Ushbu maqola IX asrda yashab ijod qilgan buyuk astronom va matematik olim Abu’l-Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniyning ilmiy faoliyati, asarlari va jahon sivilizatsiyasi tarixidagi o‘rnini chuqur tahlil etadi. Tadqiqotda Farg‘oniyning astronomiya fani rivojiga qo‘shgan hissasi, xususan, samoviy jismlarning harakati, Quyosh va Oy tutilishlari, Yer radiusi hamda ekvatordan qutblargacha bo‘lgan masofalarning aniqlanishidagi ilmiy yondashuvlari keng yoritiladi. Maqola Farg‘oniyning “Samoviy jismlar harakatlari haqida qisqa kitob” asarining ilmiy ahamiyatini, uning O‘rta asr Yevropasi — xususan, Italiya va Ispaniya ilmiy maktablarida qo‘llanilganini asosli dalillar bilan ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada Farg‘oniy ilmiy merosining global ilm taraqqiyotiga ta’siri, uning hisob-kitoblarining keyingi astronomlar tomonidan takomillashtirilgani va zamonaviy kosmologiya uchun manba sifatida qadrlanishi tahlil qilinadi. Tadqiqot Farg‘oniyning Sharq uyg‘onish davri ilmiy maktablari shakllanishidagi roli, Bag‘dod “Bayt ul-hikma” akademiyasida olib borgan ishlari va uning ilmiy qarashlarining bugungi kunda ham ahamiyatini saqlab qolayotganini asoslaydi. Maqola yakunida olimning merosi XXI asr ilm-fanida ham metodologik ahamiyatga ega ekanligi taxlil qilinadi.