ABDURAZZOQ GURNA ROMANLARIDA RUHIY KECHINMALARNING PSIXOLOGIK IFODA MEXANIZMLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Abdurazzoq Gurna, ruhiy kechinma, psixologik tasvir, sukut poetikasi, travma, xotira, narrativ strategiya, identitet, postkolonial adabiyot, lingvopoetika.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda zamonaviy postkolonial adabiyotning yirik vakillaridan biri Abdurazzoq Gurna romanlarida ruhiy kechinmalarning psixologik ifoda mexanizmlari tadqiq etiladi. Yozuvchi asarlarida inson ruhiyatining badiiy talqini xotira, sukut, retrospektiv narratsiya, fragmentar kompozitsiya va metaforik obrazlar tizimi orqali amalga oshirilishi ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqotda Gurna poetikasida migratsiya, surgun, identitet inqirozi va tarixiy travma bilan bog‘liq ruhiy holatlar postkolonial nazariya hamda psixoanalitik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, yozuvchi romanlarida sukutning psixologik himoya mexanizmi, xotiraning identitetni qayta tiklash vositasi va metaforik tafakkurning ruhiy parchalanishni estetik modellashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lishi ochib beriladi. “Jannat”, “Dengiz bo‘yida” va “Tark etish” romanlari misolida qahramonlarning ichki iztiroblari bevosita psixologik tavsif orqali emas, balki lingvopoetik minimalizm, semantik bo‘shliq va ramziy obrazlar vositasida ifodalanishi asoslanadi. Tadqiqot natijasida Abdurazzoq Gurna romanlarida ruhiy kechinmalar poetikasi zamonaviy postkolonial nasrda inson ruhiyatini til, xotira va narrativ struktura orqali modellashtiruvchi o‘ziga xos estetik tizim ekanligi aniqlandi.