STEAM TA’LIMIDA TABIIY FANLAR, TEXNOLOGIYA VA MATEMATIKANING INTEGRATSIYASI

Authors

  • Urazova Guli Uringaliyevna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: STEAM ta’lim, tabiiy fanlar, texnologiya, matematik savodxonlik, ko‘nikma, integratsiya, muammoli ta’lim, kreativ fikrlash, tanqidiy fikrlash, kompetensiya.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada STEAM ta’lim yondashuvi asosida tabiiy fanlar, texnologiya va matematika fanlarining o‘zaro integratsiyasining pedagogik ahamiyati va ta’lim samaradorligini yanada oshirishdagi imkoniyatlari haqida bayon qilinadi. STEAM ta’lim yondashuvi o‘quvchilarning alohida fanlar bo‘yicha olgan bilimlarini yagona amaliy faoliyat jarayonida birlashtirish, nazariy bilimlarni real hayotiy muammolarni hal etishda qo‘llash hamda ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu jumladan, fanlararo integratsiya asosida tashkil etilgan loyiha, tajriba,  muammoli ta’lim faoliyatlarining o‘quvchilarning mustaqil izlanishi,  kreativ fikrlashini hamda hamkorlikda ishlashi, muammoni aniqlashi va innovatsion yechimlar ishlab chiqish kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni nazariy tahlil qilinadi. Maqolada STEAM ta’limini samarali tashkil etish uchun fanlar mazmunini o‘zaro uyg‘unlashtirish, amaliy topshiriqlarni real hayotiy vaziyatlar bilan bog‘lash va  o‘rganilgan bilimlarni tadbiq qilish, o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olish muhim pedagogik shartlar sifatida asoslanadi. Mazkur yondashuv orqali ta’lim oluvchilarda ilmiy dunyoqarash, matematik savodxonlik, texnologik kompetentlik, ijodkorlik  hamda muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga zamin yaratadi. Ushbu maqola xulosalaridan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fanlararo integratsiyaga asoslangan STEAM mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.

References

1. Saloxitdinova Navro‘za Murodulla qizi Ta’limning zamonaviy transformatsiyasi “STEAM yondashuv asosida integratsiyalash texnologiyasi”

2. Raxmatullayeva Gulira’no Valijon qizi “Scientific foundations of raising the use of information technologies to a new level and modern problems of automation” 3 international scientific conference “Fanlararo integratsiya modellari va ularning ta’limdagi roli”

Published

2026-09-30

How to Cite

Urazova Guli Uringaliyevna. (2026). STEAM TA’LIMIDA TABIIY FANLAR, TEXNOLOGIYA VA MATEMATIKANING INTEGRATSIYASI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 59(1), 144-148. https://conferns.com/index.php/trt/article/view/3772