RAPS SHROTIDAN GLYUKOZINOLAT MIQDORI KAMAYTIRILGAN OQSILLI QO‘SHIMCHA OLISH VA UNI GO‘SHT MAHSULOTLARIDA SOYA OQSILI O‘RNIDA QO‘LLASH TEXNOLOGIYASI

Authors

  • Madaminova Sevara Inomjon qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: raps shroti, raps oqsili, glyukozinolat, oqsilli qo‘shimcha, oqsil konsentrati, soya oqsili, go‘sht mahsulotlari, emulsiya, suvni bog‘lash qobiliyati, oziq-ovqat texnologiyasi

Abstract

Annotatsiya: Ushbu tezisda raps moyini ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan shrotdan oziq-ovqat sanoatida foydalanish imkoniyatlari hamda undan glyukozinolat miqdori kamaytirilgan oqsilli qo‘shimcha olish texnologiyasining asosiy jihatlari yoritilgan. Raps shroti tarkibidagi oqsilni ajratib olish, konsentratsiyalash hamda funksional xususiyatlarini yaxshilash orqali go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish uchun istiqbolli o‘simlik oqsili ingrediyentini shakllantirish imkoniyati ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning muhim yo‘nalishi shundaki,raps oqsilining suvni hamda yog‘ni bog‘lash, emulsiya hosil qilish va go‘sht massasining texnologik xususiyatlariga ta’sirini aniqlashdan iborat. Raps oqsilidan foydalanish mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish shuningdek go‘sht mahsulotlari tarkibidagi o‘simlik oqsili manbalarini diversifikatsiya qilish imkonini beradi.

References

1. Aider M. Use of exogenous enzymes to improve the techno-functional properties of plant proteins. Food Research International.

2. AOCS. Official Methods and Recommended Practices of the AOCS. American Oil Chemists’ Society.

3. Canola Council of Canada. Canola meal and protein: composition and potential food applications.

4. Shahidi F. Nutraceuticals and Specialty Lipids. CRC Press.

5. O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar.

6. O‘simlik moylari va moyli ekinlarni qayta ishlash texnologiyasiga oid ilmiy adabiyotlar.

7. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari texnologiyasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar.

Published

2026-09-30

How to Cite

Madaminova Sevara Inomjon qizi. (2026). RAPS SHROTIDAN GLYUKOZINOLAT MIQDORI KAMAYTIRILGAN OQSILLI QO‘SHIMCHA OLISH VA UNI GO‘SHT MAHSULOTLARIDA SOYA OQSILI O‘RNIDA QO‘LLASH TEXNOLOGIYASI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 59(1), 190-194. https://conferns.com/index.php/trt/article/view/3780