OG‘IR ARALASHMALARNI TUTKICHINI KIRISH PATRUBOGI O‘LCHAMLARINI TAJRIBAVIY TADQIQ ETISH
Abstract
Olib borilgan tajriba-tadqiqotlar natijasida paxta xom ashyosi tarkibidagi begona og‘ir aralashmalarni ajratib olish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi qurilma ishlab chiqildi hamda u Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on paxta tozalash korxonasining paxta xom ashyosini ishlab chiqarish jarayoniga uzatish pnevmotransport tizimiga amaliyotga joriy etildi [1, 2, 3].
Paxta xom ashyosini pnevmatik usulda tashish tizimi paxta tozalash korxonalaridagi texnologik jarayonning boshlang‘ich bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Mazkur tizim tarkibiga g‘aram buzgich-ta’minlagich, transport quvuri, tosh tutkich, paxta separatori, ventilator hamda chang yig‘uvchi kabi bir qator elementlar kiradi. Ushbu elementlarning har biri pnevmatik tarmoqda shakllanadigan aerodinamik rejimga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi. Pnevmatik uzatish tizimining bir maromda va barqaror ishlashini ta’minlovchi asosiy shartlardan biri paxta xom ashyosini tarmoqqa bir tekis va uzluksiz ravishda berib turishdan iborat.
Paxta xom ashyosini ishlab chiqarish jarayoniga uzatish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab texnik ishlanmalar mavjudligiga qaramay, keyingi davrda ayrim paxta tozalash korxonalarida xom ashyoni pnevmotransport tarmog‘iga qo‘lda uzatish holatlari uchramoqda.
References
1. Karimov M.R. “Paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalarning ajralish jarayonini tadqiq etish”//Buxoro davlat texnika universitetining ilmiy texnik jurnali. Development of science. ISSN 3030-3907. Volume 2. Dekabr 12. 59-67 bet
2. Abduxoliqov A.U., Karimov M.R., Abdurahmonov O.Sh. “Paxta xom ashyosi tarkibidagi og‘ir aralashmalarni chiziqli tutkich qurilmasini ishlab chiqish”//Farg‘ona politexnika institutining ilmiy texnik jurnali 209-212 bet.
3. Abduxoliqov A.U., Karimov M.R. “Working out and implementation of the safflower cleaning machine”//Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Respublika janubida yuk va yo‘lovchi tashishning muammo va yechimlari” Respublika ilmiy va ilmiy-texnik anjuman materiallar to‘plami. 2024-yil 25-26 oktiyabr. 314-318 bet.
4. Spravochnik po pervichnoy obrabotke xlopka. Kniga II.Tashkent-“Mahnat”-1995, 395 s.