ANDIJON – PAXTOBOD YO‘NALISHIDA YO‘LOVCHILAR OQIMINING SUTKALIK VA HAFTALIK O‘ZGARISH TENDENSIYALARI TAHLILI

Authors

  • Abdullayev Zikrillo Hayrullojon oʻgʻli Author
  • Nasirov Ilhomjon Author

Abstract

Andijon – Paxtobod yo‘nalishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va yo‘lovchi transporti sohasidagi dolzarb muammo yoritiladi. Ushbu yo‘nalish Andijon viloyatidagi eng muhim transport arteriyalaridan biri bo‘lib, ikki yirik aholi punktini o‘zaro bog‘laydi. Yo‘nalish bo‘ylab ko‘plab qishloq va shaharchalar joylashgan bo‘lib, ular aholisi kundalik hayotda ushbu yo‘nalishdagi avtobus xizmatlaridan foydalanadi. Yo‘lovchi transporti tizimidagi eng katta kamchiliklardan biri yo‘lovchilar oqimining vaqt bo‘yicha juda notekis taqsimlanishidir. Agar ushbu notekislik o‘rganilmasa, transport korxonalari avtobuslarning ish jadvalini to‘g‘ri tuza olmaydi. Natijada ba’zi soatlarda avtobuslar haddan tashqari to‘lib, yo‘lovchilar qiyinchilik bilan harakatlansa, ba’zi soatlarda esa avtobuslar deyarli bo‘sh yurib, yoqilg‘i va resurslar isrof bo‘ladi. Shu sababli ushbu tezisning asosiy maqsadi Andijon – Paxtobod yo‘nalishida yo‘lovchilar oqimining sutkalik va haftalik o‘zgarish tendensiyalarini aniqlash, eng yuqori va eng past yuklama vaqtlarini belgilash va shu asosda transport ishini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning ob’ekti Andijon – Paxtobod yo‘nalishidagi yo‘lovchi tashish tizimi, predmeti esa yo‘lovchilar oqimining vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlaridir. Tadqiqotda kuzatuv, statistik tahlil, taqqoslash va grafik tahlil usullari qo‘llanilgan[1].

References

1. To‘raboyev H.R., Zokirovich N.I. Andijon shahar jamoat transporti ustuvorligini ta’minlashning maqbul tadbirlari // Journal of new century innovations. – 2024. – Vol. 47, No. 1. – P. 114-122.

2. To‘raboyev H.R., Abduqodir o‘g‘li M.B. Andijon shahrida Boburshox ko‘chasining ikki qismini bog‘laydigan zamonaviy ko‘prikning o‘tkazuvchanligining tahlili // Научный Фокус. – 2023. – Vol. 1, No. 6. – P. 244-246.

3. Qunnazarova A.R., Allanazarov Sh.B. Shahar avtobuslarini yo‘nalishlarga taqsimlash // Modern Science and Research. – 2025. – Vol. 4, No. 6. – P. 1352-1357.

4. Allanazarov Sh.B., Qunnazarova A.R. Yo‘lovchi tashish transport korxonasining ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirish // GOLDEN BRAIN. – 2024. – Vol. 2, No. 10. – P. 130-138.

Published

2026-05-31

How to Cite

Abdullayev Zikrillo Hayrullojon oʻgʻli, & Nasirov Ilhomjon. (2026). ANDIJON – PAXTOBOD YO‘NALISHIDA YO‘LOVCHILAR OQIMINING SUTKALIK VA HAFTALIK O‘ZGARISH TENDENSIYALARI TAHLILI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 55(1), 148-150. https://conferns.com/index.php/trt/article/view/987