HADDAN TASHQARI G‘AMXO‘RLIK (GIPEROPEKA) VA BOLALARDA NARSISSISTIK SHAXS XUSUSIYATLARINING SHAKLLANISHI

Authors

  • Buvaxanova Madina Author

Keywords:

giperopeka, narsissizm, o‘z-o‘zini baholash, ota-ona va bola munosabatlari, grandiozlik, psixologik himoya.

Abstract

Ushbu tezisda ota-onaning haddan tashqari g‘amxo‘rligi (giperopeka) hamda bolalarda narsissistik shaxs xususiyatlarining shakllanishi o‘rtasidagi psixologik bog‘liqlik tahlil qilinadi. Tadqiqotda giperopekaning bolaning o‘z-o‘zini baholash tizimiga ta’siri, Kohut va Kernbergning psixoanalitik nazariyalari hamda E. Brummelmanning empiik topilmalari asosida yoritilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bolaning har bir ehtiyojini sun’iy ravishda zudlik bilan qondirish va uni hayotiy qiyinchiliklardan haddan tashqari himoyalash sog‘lom o‘zini qadrlash o‘rniga patologik grandiozlik va emotsional mo‘rtlikni keltirib chiqaradi.

References

Published

2026-08-16