BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY-KOMMUNIKATIV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING DEONTOLOGIK KONSEPTUAL ASOSLARI
Keywords:
deontologik yondashuv, pedagogik deontologiya, kasbiy-kommunikativ madaniyat, bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy burch, axloqiy mas’uliyat, pedagogik etika, pedagogik takt, professional kommunikatsiya, empatiya, refleksiya.Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-kommunikativ madaniyatini rivojlantirishning deontologik konseptual asoslari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy pedagogik ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi faqat pedagogik bilim, metodik kompetensiya va kommunikativ ko‘nikmalarni egallash bilan cheklanmasligi, balki kasbiy burch, axloqiy mas’uliyat, pedagogik takt, insonparvarlik, adolat, empatiya, refleksiya va professional hamkorlik kabi sifatlarning yaxlitligini taqozo etishi asoslangan. Deontologik yondashuv pedagogning kasbiy faoliyatida “lozim”, “majburiyat”, “mas’uliyat” va “kasbiy burch” kategoriyalarini amaliy faoliyat bilan bog‘lovchi metodologik asos sifatida talqin etilgan. Maqolada kasbiy-kommunikativ madaniyatning deontologik mazmuni aniqlashtirilib, uning qadriyatli, kognitiv, kommunikativ-faoliyat va refleksiv komponentlari ajratilgan. Shuningdek, xalqaro tadqiqotlarning zamonaviy natijalari, xususan, o‘qituvchilarning professional munosabatlari, hamkorligi, ishonchi va raqamli muhitdagi mas’uliyatli kommunikatsiyasiga oid qarashlar tahlil qilingan. Muallif tomonidan deontologik yondashuv asosida kasbiy-kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning konseptual modeli uchun nazariy asoslar ishlab chiqilgan