TURAR JOY BINOLARINING DEVOR PANELLARINI AKUSTIKAGA HISOBLASH

Authors

  • Toxirov J.O Author
  • Jobbarberganov J.R. Author

Abstract

Ushbu maqolada panelli turar joy binolarining devor konstruksiyalarida tovushning uzatilishi va so’nish xususiyatlari sonli modellashtirish asosida tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi turli konstruktiv tarkibga ega bo’lgan panelli devorlarning akustik samaradorligini aniqlash va ularning tovush izolyatsiyasi xususiyatlarini o’zaro taqqoslashdan iborat. Tadqiqot davomida bir jinsli beton panel, issiqlik va akustik izolyatsion qatlamga ega bo’lgan ko’p qatlamli panel hamda ichki havo bo’shlig’iga ega panel konstruksiyalarining tovush ta’siriga javobi o’rganilgan. Sonli modellashtirish yordamida tovush to’lqinlarining konstruksiya orqali tarqalishi, tovush bosimining o’zgarishi va devorning tovush energiyasini so’ndirish xususiyatlari baholangan. Turli konstruktiv variantlarda materiallar tarkibi va qatlamlararo tuzilishning tovush uzatilishiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalarini o’zaro taqqoslash orqali beton konstruksiyaga penoplast yoki havo qatlamini kiritishning akustik samaradorlikka ta’siri aniqlangan. Olingan natijalar panelli turar joy binolarida ichki akustik qulaylikni yaxshilash, tashqi va qo’shni xonalardan keluvchi shovqinlarning uzatilishini kamaytirish hamda samarali ko’p qatlamli devor konstruksiyalarini tanlash uchun ilmiy-amaliy asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.

 

Author Biographies

  • Toxirov J.O

    PhD., dotsent

  • Jobbarberganov J.R.

    Tadqiqotchi

References

Published

2026-09-17