O'ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES SUB'EKTLARIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Keywords:
kichik biznes, raqamli transformatsiya, elektron hujjat aylanmasi, raqamli buxgalteriya, bulutli xizmat, O'zbekiston, tadbirkorlik, raqamli savodxonlik.Abstract
Maqolada O'zbekiston kichik biznes sub'ektlarining raqamli transformatsiya jarayoniga qo'shilishida uchrayotgan to'siqlar va ularni bartaraf etish yo'llari ko'rib chiqilgan. Mualifning Samarqand va Buxoro viloyatlari tadbirkorlari bilan o'tkazgan kuzatuvlari hamda Davlat statistika qo'mitasi va «IT Park» loyihalarining ochiq ma'lumotlariga tayanib, raqamli buxgalteriya, elektron hujjat aylanmasi, bulutli xizmatlar va ish jarayonlarini avtomatlashtirish vositalarining kichik tadbirkorlik sub'ektlariga ta'siri tahlil qilingan. Aniqlangan to'siqlarni yengillashtirish bo'yicha amaliy yechimlar shakllantirilgan. Maqolada chiqarilgan xulosalar hududiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiquvchi mutaxassislar uchun amaliy qiymatga ega.