YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA ENERGIYA KORXONALARINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH OMILLARI
Keywords:
yashil iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya, raqobatbardoshlik, quyosh energiyasi, shamol energiyasi, O'zbekiston, energiya samaradorligi, tarif siyosati.Abstract
Maqolada O'zbekistonda yashil iqtisodiyotga o'tish sharoitida energiya korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishga ta'sir etuvchi omillar ko'rib chiqilgan. Mualifning Farg'ona vodiysi va Navoiy mintaqasidagi qayta tiklanuvchi energiya korxonalari bilan o'tkazgan kuzatuvlari, Energetika vazirligi va Davlat statistika qo'mitasining ochiq ma'lumotlariga tayanib, texnologik yangilanish, xom ashyo va kapital sig'imi, davlat tarifi siyosati hamda xodimlar malakasining korxona raqobat ustunligiga ta'siri tahlil qilingan. Eng samarali omillar guruhi aniqlangan va sektoral siyosat uchun amaliy yo'nalishlar shakllantirilgan. Maqolada chiqarilgan xulosalar energetika sohasidagi strategik rejalashtirish va hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiquvchi mutaxassislar uchun amaliy qiymatga ega.