O‘RTA MAKTAB O‘QUVCHILARINING SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MUAMMOLAR
Keywords:
Bola maktabga kelgunga qadar oila muhitida, maktabgacha ta’lim muassasalarida qiziqishlari va ehtiyojlarini ifodalash uchun zarur bo‘lgan so‘zlarni gap tarkibida turli shakllarda qo‘llash namunasini o‘zlashtirgan bo‘ladi. Lekin uning nutqiy arsenali maktabda o‘rganiladigan yangi tushunchalarni, fikrlarni, maktabga kelgan kunidagi hissiyotlarini ifodalashi uchun so‘z zahirasi yetishmaydi. Maktab oldida turgan eng asosiy vazifa o‘quvchilarning atrof-olam haqidagi tasavvurlarini kengaytirish asosida o‘quvchilarning lug‘atini boyitish, nutq va tafakkurini, mantiqiy fikrlashini o‘stirishdir.Abstract
Uzluksiz ta’lim tizimida ona tili ta’limi o‘quvchilarning o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifodalash ko‘nikmasini rivojlantirish uchun nutqini leksik birliklar bilan boyitish; adabiy va badiiy tilning grammatik shakllarini egallashlariga erishish; gapda so‘zlarning grammatik qurilishini o‘zlashtirishlarini ta’minlash maqsadini ko‘zlaydi. Bu maqsadni amalga oshrish uchun maxsus leksik-semantik mashqlar tizimini ishlab chiqish, ta’limning ko‘rgazmalilik, muvofiqlik, izchillik, soddadan murakkabga qarab borish, onglilik, rivojlantiruvchi kabi tamoyillariga amal qilish taqozo etiladi.
References
Downloads
Published
2026-06-06
Issue
Section
Articles
How to Cite
O‘RTA MAKTAB O‘QUVCHILARINING SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MUAMMOLAR. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 8(1), 71-73. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/1315