TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O‘RNI

Authors

  • Kattabekova Muqaddas Rahmonberdiyevna Author

Keywords:

Bugungi kunga kelib, o`quv axborotlari hajmining haddan tashqari ko`payib ketganligi o`quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularni “o`qish va o`rganishga o`rgatish”ni talab qilmoqda. Jadallik bilan o`zgarib va rivojlanib borayotgan axborotlashgan jamiyatda faoliyat ko`rsatish va yashash o`quvchilardan nafaqat shunchaki tayyor bilimlarni o`zlashtirishni, balki turfa ko`rinishdagi ma`lumotlarni mustaqil izlab topish va qayta ishlashni hamda ulardan turli hayotiy vaziyatlarda samarali foydalanishni taqozo etmoqda.

Abstract

Mamlakatimiz yoshlarining ma`naviyatini shakllantirish va qaror toptirishda, ularni kasbga yo‘naltirishda xalq ta`limi tizimining ahamiyati salmoqlidir. Shuning uchun umumta`lim fanlari mazmuni milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlarga va boy o‘tmish merosimizga asoslangan bo‘lishi, shuningdek, mustaqil va bozor iqtisodiyoti sharoitida yuzaga chiqqan davlat va milliy ehtiyojlarni qondirishga qaratilmog`i lozim. Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o`zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo‘lishi yoshlarimizdan fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi.

Bu esa mamlakatimiz ta`lim tizimiga texnologiya fanini o`qitishning xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta`minlanadi. Zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti umumta`lim maktablarida texnologiya fanini o`qitishga yangicha yondashuvni, o`quvchilarning bu fandan o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim va ko`nikmalarining mazmuni va darajasiga yuqori talablarni qo`ymoqda. 

References

Published

2026-06-06

How to Cite

TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O‘RNI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 8(1), 74-77. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/1316