ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING INTERFAOL USULLARI
Keywords:
Zamonaviy ta’lim tizimida interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning bilim olish jarayonidagi faolligini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Interfaol metodlar – bu o‘qituvchi va o‘quvchilar, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi asosida tashkil etiladigan, ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashi, muloqotga kirishishi va muammolarni birgalikda hal etishini ta’minlaydigan ta’lim usullaridir.Abstract
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni ta’lim tizimidagi didaktik metodlar va vositalarning to‘g‘ri hamda tizimli tanlanishi bilan bevosita bog‘liq. Umumiy o‘rta ta’limning amaldagi boshlang‘ich sinf ona tili darsliklari mazmuni o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, tinglab tushunish hamda o‘qish savodxonligi ko‘nikmalarini muloqot jarayonida rivojlantirishga qaratilga bo‘lib, ushbu darsliklardagi muayyan mavzular, matnlar va amaliy topshiriqlar majmuasi nutqiy kompetensiyani shakllantirishda muhim didaktik vosita vazifasini o‘taydi. O‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan interaktiv metodlar esa ushbu vositalarning amaliy qimmatini oshiradi va o‘quvchini darsning faol ishtirokchisiga aylantiradi.