«BADIIY PSIXOLOGIZM» TUSHUNCHASINING ILMIY-NAZARIY TALQINI VA ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI O‘RNI
Keywords:
badiiy psixologizm, ruhiyat tasviri, ruhiy tahlil, psixologik tasvir, ichki nutq, qahramon ichki olami, psixologik roman, adabiy xarakter, muallif va qahramon, onglar dialogi, polifonik roman, realizm, modernizm, adabiyotshunoslik.Abstract
Mazkur maqolada “badiiy psixologizm” tushunchasining ilmiy-nazariy mohiyati, uning adabiyotshunoslikdagi o‘rni va badiiy matndagi estetik vazifalari tahlil qilinadi. Unda psixologizmning inson ruhiyati, ichki kechinmalari, ong va ong osti jarayonlari, ruhiy ziddiyatlar hamda qahramon ichki olamini tasvirlashdagi ahamiyati yoritiladi. Maqolada psixologizm tushunchasi ruhiyat tasviri, ruhiy tahlil va psixologik tasvir kabi yondosh atamalar bilan qiyoslanadi hamda ularning metodologik farqlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, badiiy psixologizmning tarixiy shakllanish bosqichlari, antik davr adabiyotidan boshlab sentimentalizm, romantizm, realizm va modernizm adabiy oqimlarigacha bo‘lgan taraqqiyoti izohlanadi. A.B. Yesin, L.Ya. Ginzburg, V.V. Kompaneyets, A. Iyezuitov, M.M. Baxtin, L.S. Vigotskiy kabi olimlarning nazariy qarashlari asosida psixologizmning keng va tor ma’nodagi talqinlari ochib beriladi. Tadqiqotda badiiy psixologizm qahramon xarakterini chuqur ochish, muallif badiiy mahoratini namoyon etish hamda o‘quvchida estetik hamdardlik uyg‘otuvchi muhim poetik kategoriya sifatida baholanadi.