ASPEKTUAL SEMANTIKANI IFODALOVCHI LEKSEMALARNING INGLIZ IZOHLI LUG‘ATLARIDAGI TALQINI
Keywords:
izohli lug‘at, fe’l, aspektuallik, tavsifiy izohAbstract
Aspektuallik funksional-semantik maydonining periferik qismiga mansub ravish va fe’llar izohli lug‘atlarda ko‘pincha sinonimik yoki tavsifiy sinonimiya asosida sharhlanadi. Biroq bunday yondashuv ularning aspektual xususiyatlarini to‘liq ochib bera olmaydi. Shu sababli lug‘aviy izohlarga harakat yoki holatning davomiyligi, bosqichma-bosqich rivojlanishi, takrorlanishi, boshlanishi, yakunlanishi kabi aspektual semalarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Bunday talqin leksemalarning semantik tuzilishini aniqroq yoritish bilan birga, ma’nodosh birliklar o‘rtasidagi nozik farqlarni ham ko‘rsatishga xizmat qiladi. Leksikografik tavsifning muhim tamoyillaridan biri ham so‘z ma’nosini tashkil etuvchi jarayon va holat semalarini izohda aks ettirishdan iborat. Mazkur maqolada fe’l va ravishlarning lug‘aviy talqiniga qo‘shimcha aspektual komponentlarni kiritish zarurati ilmiy dalillar asosida asoslab beriladi.