OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA OG‘RIQ SINDROMINING SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING ANESTEZIOLOGIK JIHATLAR
Keywords:
Turli anesteziologik yondashuvlar, jumladan umumiy va regional anesteziya usullari, perioperatsion opioid yuklamasi hamda multimodal analgeziya komponentlarining operatsiyadan keyingi og‘riq sindromi shakllanishiga ta’sirini klinik jihatdan baholash va postoperatsion og‘riqni samarali nazorat qilish imkoniyatlarini aniqlash.Abstract
Operatsiyadan keyingi og‘riq sindromi zamonaviy anesteziologiya va reanimatologiyaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, bemorlarning perioperatsion xavfsizligi hamda davolash natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, jarrohlik amaliyotidan so‘ng bemorlarning 70–80 % ida turli intensivlikdagi og‘riq sindromi kuzatiladi, ulardan 30–50 % ida esa og‘riq yetarli darajada nazorat qilinmaydi. Bu holat nafaqat bemorning hayot sifatini pasaytiradi, balki operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanish xavfini ham oshiradi. Postoperatsion og‘riqning patogenezi murakkab va ko‘p komponentli bo‘lib, periferik nositseptorlarning faollashuvi, markaziy sensitizatsiya, neyroendokrin stress-javob reaksiyasi hamda yallig‘lanish mediatorlari ishlab chiqarilishining kuchayishi bilan tavsiflanadi.