ARTERIAL GIPERTENZIYA BILAN OG‘RIGAN YOSH BEMORLARDA CHAP QORINCHA GIPERTROFIYASINING UCHRASH DARAJASI VA UNING KLINIK AHAMIYATI

Authors

  • Raxmonberdiyev Ulugʻbek Abdulmuhammad oʻgʻli Author

Keywords:

Arterial gipertenziya bilan og‘rigan yosh bemorlarda chap qorincha gipertrofiyasining uchrash darajasini aniqlash, uning klinik va gemodinamik xususiyatlarini baholash hamda chap qorincha gipertrofiyasi rivojlanishining arterial bosim darajasi, kasallik davomiyligi va yurakning struktur-funksional ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligini o‘rganish. Shuningdek, chap qorincha gipertrofiyasining yosh bemorlarda yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishidagi prognostik ahamiyatini aniqlash.

Abstract

Arterial gipertenziya yurak-qon tomir kasalliklarining eng muhim modifikatsiyalanuvchi xavf omillaridan biri bo‘lib, so‘nggi yillarda uning yoshlar orasida uchrash chastotasi ortib bormoqda. Arterial bosimning uzoq muddat davomida yuqori bo‘lishi chap qorinchaga gemodinamik yuklamaning oshishiga olib kelib, miokardda strukturaviy va funksional o‘zgarishlar rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlar orasida chap qorincha gipertrofiyasi arterial gipertenziyaning eng erta va prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan nishon-a’zo shikastlanishlaridan hisoblanadi. Chap qorincha gipertrofiyasi miokard massasining ortishi, qorincha devorining qalinlashishi va miokardning elastik xususiyatlari pasayishi bilan tavsiflanadi. Natijada diastolik disfunksiya, koronar qon aylanishining nisbiy yetishmovchiligi, yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buzilishlari yuzaga keladi.

References

Published

2026-06-20

How to Cite

ARTERIAL GIPERTENZIYA BILAN OG‘RIGAN YOSH BEMORLARDA CHAP QORINCHA GIPERTROFIYASINING UCHRASH DARAJASI VA UNING KLINIK AHAMIYATI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 8(2), 188-193. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/2056