OʻTKIR KORONAR SINDROMDA YUQORI SEZUVCHANLIKDAGI TROPONINLARNING DIAGNOSTIK AHAMIYATI VA PROGNOSTIK ROLI
Keywords:
Yuqori sezuvchanlikdagi troponin testlari anʼanaviy troponin testlaridan sezgirligi jihatidan tubdan farq qiladi. Hs-cTn testlari sogʻlom populyatsiyaning 99-percentilidan past boʻlgan konsentratsiyalarni ham aniqlash imkoniyatiga ega boʻlib, ularning aniqlash chegarasi anʼanaviy testlarga nisbatan 10-100 baravar past. Bu ularning miokard ishemiyasini erta bosqichda, simptomlar boshlanganidan keyin 1-2 soat ichida aniqlash imkonini beradi. 2020-yilda Yevropa Kardiologlar Jamiyati (ESC) tomonidan chiqarilgan NSTEMI boʻyicha 0/1 soatlik algoritm hs-cTn testlarining klinik amaliyotdagi eng muhim yutuqlaridan biridirAbstract
Oʻtkir koronar sindrom (OKS) zamonaviy kardiologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri boʻlib, u dunyo boʻyicha oʻlim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. OKS ni oʻz vaqtida va toʻgʻri tashxislash bemorning prognozini sezilarli darajada yaxshilaydi va davolash strategiyasini optimallashtirishga imkon beradi. Soʻnggi yillarda yuqori sezuvchanlikdagi troponin (hs-cTn) testlarining klinik amaliyotga joriy etilishi OKS diagnostikasida inqilobiy oʻzgarishlarga olib keldi. Anʼanaviy troponin testlariga nisbatan hs-cTn testlari miokard nekrozining juda kichik miqdorlarini ham aniqlash imkoniyatini beradi, bu esa miokard infarktini erta bosqichda, simptomlar boshlanganidan keyingi dastlabki soatlarda tashxislash imkonini yaratadi. Ushbu tezisda OKS diagnostikasida yuqori sezuvchanlikdagi troponinlarning zamonaviy diagnostik ahamiyati, ularning klinik qoʻllash algoritmlari, shuningdek, prognostik roli va cheklovlari yoritilgan.