OʻTKIR KORONAR SINDROMDA ZAMONAVIY ANTIAGREGANT TERAPIYA STRATEGIYALARI
Keywords:
OKS ni boshqarishda antiagregant terapiyaning asosini aspirin va P2Y12 retseptorlari ingibitorlarining kombinatsiyasi, yaʼni ikki tomonlama antiagregant terapiya (DAPT) tashkil etadi. Aspirin trombotsitlar siklooksigenazasini (COX-1) qaytarilmas blokirovka qilib, tromboksan A2 sintezini bostiradi va shu bilan trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi. P2Y12 retseptorlari ingibitorlari esa adenozin difosfat (ADP) vositachiligidagi trombotsitlar agregatsiyasini bloklaydi.Abstract
Oʻtkir koronar sindrom (OKS) zamonaviy kardiologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri boʻlib, u dunyo boʻyicha oʻlim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. OKS patogenezida aterosklerotik blyashka yorilishi yoki eroziyasi natijasida yuzaga keladigan trombotsitlar aktivatsiyasi va agregatsiyasi markaziy oʻrin tutadi. Shu sababli, antiagregant terapiya OKS ni davolashning asosiy ustunlaridan biri boʻlib, uni toʻgʻri va o‘z vaqtida qoʻllash bemorlarning prognozini sezilarli darajada yaxshilaydi. Soʻnggi yillarda antiagregant preparatlar qatoriga yangi, samarali va xavfsiz vositalar qo‘shildi, shuningdek, ularni qo‘llash bo‘yicha individual yondashuvlar ishlab chiqildi. Ushbu tezisda OKS da zamonaviy antiagregant terapiya strategiyalari, xususan, ikki tomonlama antiagregant terapiya (DAPT) davomiyligi, potensial kuchaytirilgan terapiya va individual yondashuv masalalari yoritilgan.