TURISTIK KOMPANIYALARNI BOSHQARISHDA KOMPYUTER VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
Keywords:
kompyuter texnologiyalari; axborot texnologiyalari; multimedia texnologiyalari; biznes jarayonlari; reinjiniring.Abstract
Mazkur tezisda turistik kompaniyalarni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish strategiyasini shakllantirish sohasidagi asosiy yondashuvlar, texnologiyalar va muammolar tahlil qilindi. Axborot va kompyuter texnologiyalarining turizm sanoatidagi o‘rni bilan bog‘liq asosiy jihatlar ko‘rib chiqildi. Axborot va kompyuter texnologiyalari sayyohlik sohasidagi strategik va operatsion boshqaruvning barcha funktsiyalarida ustunlik qiladi. Ushbu ilmiy tezisda turizmda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishning asosiy qoidalari muhokama qilinadi. Shuningdek, reinjiniring biznes jarayonlarining uzluksizligi ko‘rib chiqiladi, bu esa natijada turistik korxonaning ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishga olib keladi. Reinjiniring biznes jarayonlarining uzluksizligi yuqori raqobat sharoitida sayyohlik agentligining o‘z mavqesini oshirish uchun taklif etiladi.