NO‘G‘AY KARVONSAROYI TARIXI
Keywords:
O‘rta asrlarda barpo etilgan karvonsaroylar tuzilishi jihatidan bir-biriga o‘xshash, asosan, to‘rtburchak shakldagi ichki hovliga 176 va uning atrofida joylashgan yashash xonalariga ega bo‘lgan. Yirik karvonsaroylardagi ichki hovli bo‘ylab ayvonlar ham qurilgani, ayrim yirik karvonsaroylarda musulmon savdogarlari uchun masjid ham bo‘lganligi ma’lum. Shaharlardagi karvonsaroylar hajmi, me’moriy bezaklari va boshqa xususiyatlari jihatidan karvon yo‘llari bo‘yida qurilgan karvonsaroylar va rabotlardan farq qilganini ham aytib o‘tish kerak.Abstract
Karvonsaroy–bu uzoq va mashaqqatli yo‘l bosib, xalqaro aloqalarni savdo munosabatlari orqali bog‘lovchi savdogar-karvon ahllari uchun o‘ziga xos vaqtinchalik qo‘rg‘on-qarorgoh, mehmonxona, ularning ot-ulovlari va chorvalari uchun ham uzoq yo‘ldan keyin hordiq olib, kuch to‘playdigan joy bo‘lgan. Karvonsaroydagi “saroy” so‘zi katta jamoa, ko‘pchilikni sig‘diradigan, jamlaydigan, ko‘pchilik foydalanishi uchun mo‘ljallangan ijtimoiy ob’yekt, bino-inshoot ma’nosida keladi. Karvonsaroy bilan bir qatorda bog‘chasaroy, poshshosaroy kabi so‘zlar ham yuqoridagi ma’nolarni ifodalaydi. Odatda karvonsaroylar savdo yo‘llari yoqasida qurilgan. Savdo yo‘llarining eng mashhuri bo‘lmish Buyuk ipak yo‘li savdo markazlaridan biri, Buxoroyi Sharif hududida 50 dan ziyod har xil karvonsaroylar bo‘lib, bu karvonsaroylarda kuniga 5000 nafargacha savdogarlar qabul qilinib, ularga turli xizmatlar ko‘rsatilgan.