OLIY O’QUV YURTLARIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM JARAYONINI TASHKIL QILISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Keywords:
mustaqil ta’lim, oliy ta’lim, talaba, pedagogik asoslar, o‘quv faoliyati, mustaqil ish, ta’lim jarayoni, bilish faoliyati, ijodiy fikrlash, kasbiy kompetensiya, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini baholash, ta’lim materiallari, ta’lim samaradorligi, pedagogik texnologiyalar, kasbiy tayyorgarlik, ta’lim metodikasi, tasviriy san’at ta’limi.Abstract
Yangi O‘zbekistonni qurish ma’naviy-ruhiy tiklanish, milliy o‘zlikni anglash sharoitida jamiyatning talaba – yoshlarini yuksak fuqarolik va ma’naviy-siyosiy odillik ruhida tarbiyalash muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyat kasb etadi. Chunki, ma’naviyatli-ma’rifatli, o‘zining qat’iy ijtimoiy nuqtai nazariga ega bo‘lgan yoshlar, o‘z iqtidorlari va imkoniyatlarini jamiyat, xalq manfaatlari uchun sarflashga qodir. Mustaqil ta`lim olish – oliy ta`lim tizimida talabalarning maqsadga yo’naltirilgan o’quv faoliyatidirki, bunda talabalarning o’quv faoliyati jarayonida o’qituvchi tomonidan mustaqil bilim olishga yo’naltiriladi (mustaqil o’rganish uchun mavzular va adabiyotlar tavsiya etiladi, mustaqil ish topshiriqlari beriladi, o’quv-uslubiy qo’llanmalar tavsiya etiladi, maslahatlar uyushtiriladi va bajarilishi nazorat qilinadi) va boshqariladi. Mustaqil ta`limning asosiy maqsadi ta`lim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, o’zlashtirilgan bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishdan iboratdir.