GMEI INTEGRAL INDEKSI ASOSIDA HUDUDIY BOSHQARUV SAMARADORLIGINI BAHOLASH VA PROGNOZLASHNING EKONOMETRIK YONDASHUVI
Keywords:
GMEI integral indeksi, hududiy boshqaruv, ekonometrik model, prognozlash, yashil iqtisodiyot, integral baholash, barqaror rivojlanish, raqamli boshqaruv, institutsional samaradorlik, iqtisodiy modellashtirish.Abstract
Mazkur tezisda GMEI (Green Management Efficiency Index) integral indeksi asosida hududiy boshqaruv samaradorligini baholash va prognozlashning ekonometrik yondashuvlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda hududiy boshqaruv samaradorligiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ekologik, institutsional va raqamli omillar tizimli ravishda tahlil qilinib, ularni yagona integral indeks orqali baholash metodikasi taklif etilgan. Shuningdek, ekonometrik modellashtirish va prognozlash usullari yordamida hududiy boshqaruv samaradorligining istiqboldagi o‘zgarish tendensiyalari aniqlanib, yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.