GLOBAL RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA FUQAROLIK JAMIYATI TRANSFORMATSIYALASHUVI TENDENSIYALARI

Authors

  • Dilmurodov Elyorjon Ilg‘or o‘g‘li Author

Keywords:

fuqarolik jamiyati, raqamli transformatsiya, jamoat fazosi, raqamli tengsizlik, elektron hukumat, fuqarolik sub’ektligi, O‘zbekiston.

Abstract

Mazkur maqolada global raqamlashtirish jarayonlarining zamonaviy fuqarolik jamiyati institutlari transformatsiyasiga ta’siri ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi nafaqat texnik-iqtisodiy sohada, balki fuqarolik sub’ektligining mohiyati, jamoat fazosining tuzilishi va fuqarolik institutlarining faoliyat yuritish mexanizmlarida ham tizimli o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Maqolaning maqsadi — raqamlashtirishning O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati institutlari transformatsiyasiga ta’sir ko‘rsatish tendensiyalarini nazariy va empirik jihatdan aniqlashdan iborat. Tadqiqotda nazariy-falsafiy tahlil usullari bilan bir qatorda ijtimoiy so‘rovnoma natijalaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, aholining sezilarli qismi raqamli tengsizlik muammosidan xabardor, fuqarolik institutlari raqamlashtirishni asosan qisman o‘zlashtirgan, ijtimoiy tarmoqlar yetakchi kommunikatsiya kanaliga aylangan va milliy-madaniy xususiyatlarni hisobga oluvchi evolyusion yondashuv ustuvor deb baholanadi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining raqamli transformatsiyasi g‘arb tajribasini mexanik ko‘chirish emas, balki mahalliy ijtimoiy-madaniy kontekstga moslashgan, bosqichma-bosqich jarayon sifatida rivojlanishi lozim.

References

Published

2026-07-17

How to Cite

GLOBAL RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA FUQAROLIK JAMIYATI TRANSFORMATSIYALASHUVI TENDENSIYALARI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 9(1), 174-187. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/2628