“BACHADON ICHI INFEKSIYASI FONIDA HOMILA VA YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQLARDA YO’LDOSH HAMDA O’PKALAR SHIKASTLANISHINING PREDIKTORLARINI ISHLAB CHIQISH”.
Keywords:
Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika patologik anatomiya markazida amalga oshirildi. Tadqiqot materiali sifatida 2023–2024-yillar davomida bachadon ichi infeksiyasi tashxisi bilan yakunlangan 35 ta yo‘ldosh namunasi o‘rganildi. Olingan materiallar 10% neytral formalin eritmasida 48–72 soat davomida fiksatsiya qilinib, standart gistologik ishlov berish bosqichlaridan o‘tkazildi.Abstract
Bachadon ichi infeksiyalari bugungi kunda perinatal kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Jahon va milliy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, homila ichi infeksiyalar homila rivojlanishining buzilishi, muddatidan oldin tug‘ruq, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda og‘ir adaptatsion holatlar hamda neonatal o‘limning muhim sabablaridan hisoblanadi. Infeksion omillar yo‘ldosh to‘qimalarida strukturaviy va funksional shikastlanishlarni yuzaga keltirib, uning trofik, respirator, transport hamda himoya vazifalarining izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunda xorion vorsinlari va desidual to‘qimalarda rivojlanadigan yallig‘lanish, mikrosirkulyator buzilishlar, trombotik jarayonlar va infarkt o‘choqlari homila gipoksiyasi hamda homila o‘sishining cheklanishiga olib keluvchi asosiy morfologik substratni tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan, yo‘ldoshning patomorfologik tekshiruvi homila ichi infeksiyalarini tashxislash, ularning og‘irlik darajasini baholash va perinatal prognozni aniqlashda muhim diagnostik mezonlardan biri hisoblanadi.