BRONXIAL ASTMA BILAN BEMORLARDA TUNGI SIMPTOMLARNING UCHRASH CHASTOTASI VA KASALLIK NAZORATI DARAJASI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK

Authors

  • Xasanov Farruhbek Shakiraliyevich Author

Keywords:

Bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda tungi simptomlarning uchrash chastotasini aniqlash, ularning kasallik nazorati darajasi, klinik kechishi va bemorlarning hayot sifatiga ta’sirini baholash hamda tungi simptomlar bilan astma nazorati ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish. Shuningdek, tungi simptomlarning kasallikning nazorat qilinmasligi, tez-tez zo‘rayishlar rivojlanishi va davolash samaradorligini baholashdagi prognostik ahamiyatini aniqlash.

Abstract

Bronxial astma dunyo miqyosida eng keng tarqalgan surunkali respirator kasalliklardan biri bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, millionlab bemorlarning hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Kasallikning asosiy klinik ko‘rinishlari orasida nafas qisishi, hansirash, ko‘krak qafasida siqilish hissi va yo‘tal kuzatiladi. Mazkur simptomlarning tungi va erta tonggi soatlarda kuchayishi bronxial astmaning yetarli nazorat qilinmayotganligini ko‘rsatuvchi muhim klinik marker hisoblanadi. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda tungi simptomlarning uchrash chastotasi kasallik og‘irligi, bronxial giperreaktivlik darajasi, havo yo‘llaridagi surunkali yallig‘lanish faolligi hamda kasallik nazorati bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Tungi simptomlar nafaqat uyqu sifatining buzilishiga, balki kunduzgi faollikning pasayishiga, mehnat qobiliyatining kamayishiga, tez-tez shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilish va kasalxonaga yotqizilish xavfining ortishiga ham sabab bo‘ladi.

References

Published

2026-08-04

How to Cite

BRONXIAL ASTMA BILAN BEMORLARDA TUNGI SIMPTOMLARNING UCHRASH CHASTOTASI VA KASALLIK NAZORATI DARAJASI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 10(1), 13-18. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/2806