XIZMAT KO’RSATISH SOHASINI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI VA UNI MILLIY SHAROITGA MOSLASHTIRISH
Keywords:
xizmat ko‘rsatish sohasi, ekonometrik modellashtirish, DEA, Malmkvist indeksi, panel ma’lumotlar, texnik samaradorlik, hududiy rivojlanish, Simar–Wilson, xalqaro tajriba, milliy moslashtirish.Abstract
Ushbu tezisda xizmat ko‘rsatish sohasini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha xorijiy tajriba hamda undan O‘zbekiston sharoitida foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Xalqaro amaliyotda xizmatlar sohasi samaradorligini baholashda Data Envelopment Analysis (DEA), Malmkvist unumdorlik indeksi, fazoviy DEA, panel ma’lumotlar modellari hamda ikki bosqichli ekonometrik baholash usullaridan foydalanish tajribasi tahlil qilingan. Xorijiy metodologiyalarni milliy sharoitga moslashtirishda statistik tasniflarning uyg‘unligi, qiymat ko‘rsatkichlarini doimiy narxlarga keltirish, model o‘lchamini optimallashtirish, panel ma’lumotlar bazasini shakllantirish va zamonaviy ekonometrik diagnostika talablariga rioya qilish zarurligi asoslangan. Tadqiqot natijasida xizmat ko‘rsatish sohasi samaradorligini hududiy darajada ekonometrik modellashtirishning milliy sharoitga moslashtirilgan metodologik yondashuvi taklif etilgan.