ADABIYOT DARSLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Authors

  • Nurmatova Nargiza Saidovna Author

Keywords:

kichik tadqiqotchilik faoliyati, tadqiqotchilik kompetensiyasi, umumiy o‘rta ta’lim, adabiyot darslari, raqamli texnologiyalar, raqamli ta’lim, raqamli ta’lim muhiti, ilmiy izlanish, mustaqil ta’lim, ilmiy manbalar, qiyosiy-mazmunli tahlil, kreativ fikrlash, tanqidiy fikrlash, raqamli savodxonlik, pedagogik texnologiyalar, innovatsion ta’lim, multimedia, elektron resurslar.

Abstract

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kichik tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik va metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘quvchilarning mustaqil izlanishi, ilmiy manbalar bilan ishlashi, axborotni izlash va saralashi, matnlarni qiyosiy-mazmunli tahlil qilishi hamda ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishi tadqiqotchilik kompetensiyasining muhim tarkibiy qismlari sifatida asoslangan. Adabiyot darslarida raqamli ta’lim resurslari, multimedia, interaktiv taqdimotlar, elektron darsliklar, raqamli platformalar va virtual kutubxonalardan foydalanishning o‘quvchilarning kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda o‘quvchilarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashning nazariy, amaliy va psixologik jihatlari o‘zaro integratsiyada ko‘rib chiqilib, motivatsion-qadriyatli, bilim-nazariy, amaliy-tadqiqotchilik va raqamli-texnologik komponentlarning ahamiyati asoslangan. Tajriba-sinov natijalari ishlab chiqilgan metodik tizimning o‘quvchilarning kichik tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishdagi samaradorligini tasdiqlagan.

References

Published

2026-08-15

How to Cite

ADABIYOT DARSLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 10(1), 119-133. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/2958