DARSDA ILMIY-TADQIQOT KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK VA RAQAMLI VOSITALARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI
Keywords:
ilmiy-tadqiqot faoliyati, tadqiqotchilik ko‘nikmalari, tadqiqotchilik kompetensiyasi, faoliyatga asoslangan ta’lim, pedagogik vositalar, pedagogik texnologiyalar, ilmiy izlanish, mustaqil ta’lim, innovatsion ta’lim, raqamli texnologiyalar, raqamli ta’lim, ilmiy metodologiya, tadqiqot metodlari, pedagogik eksperiment, o‘quvchi faolligi, mustaqil fikrlash.Abstract
Mazkur maqolada o‘quvchilarning ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirishda pedagogik vositalar, faoliyatga asoslangan ta’lim va zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanishning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘quvchilarning mustaqil ilmiy izlanishlarini tashkil etish, ilmiy muammoni aniqlash, tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilash, ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, tahlil qilish va umumlashtirish kabi tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Faoliyatga asoslangan yondashuv asosida o‘quvchilarni mustaqil tadqiqot faoliyatiga jalb etish, pedagog tomonidan ilmiy metodologik yo‘l-yo‘riq va metodik ko‘mak ko‘rsatishning samarali imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, intervyu, fokus-guruh, so‘rovnoma, test va pedagogik eksperiment kabi tadqiqot metodlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Raqamli texnologiyalar ilmiy axborotni izlash, qayta ishlash, tahlil qilish, tadqiqot natijalarini taqdim etish va baholashning samarali vositasi sifatida asoslangan. Tadqiqot natijalari o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, qaror qabul qilishi, muammolarni ilmiy asosda hal etishi va tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishda pedagogik hamda raqamli vositalarning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.