RAQAMLI HAMYONLAR VA MOLIYAVIY PLATFORMALARNING KICHIK BIZNES EKSPORTINI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI
Keywords:
raqamli hamyon, fintex platformalar, kichik va o‘rta biznes, eksport salohiyati, chegaralararo to‘lovlar, elektron tijorat, moliyaviy inklyuziya, marketpleys, komissiya xarajatlari, raqamli iqtisodiyot.Abstract
Mazkur tezisda raqamli hamyonlar va zamonaviy moliyaviy platformalarning kichik va o‘rta biznes (KOB) subyektlarining xalqaro bozorlarga chiqishi va eksport salohiyatini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda kichik biznesning an’anaviy xalqaro hisob-kitob tizimlaridan foydalanishda duch keladigan moliyaviy to‘siqlar - yuqori komissiya, valyuta ayirboshlashdagi yashirin xarajatlar, hisob ochishning murakkabligi va operatsiyalarning sekinligi - ko‘rib chiqilgan. Xalqaro tahliliy agentliklarning so‘nggi statistik ma’lumotlari asosida raqamli hamyonlar bozorining dinamikasi, chegaralararo to‘lov platformalarining o‘sish sur’ati hamda ularning kichik eksportyorlar uchun yaratayotgan iqtisodiy samarasi baholangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida fintex ekotizimining rivojlanishi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari va milliy tadbirkorlarning raqamli platformalar orqali eksport qilish tajribasi yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida kichik biznes eksportini raqamli moliyaviy vositalar orqali rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar shakllantirilgan.