NURIDDIN EGAMOV IJODIDA UNDALMALARNING QO‘LLANILISHI VA ULARNING POETIK AHAMIYATI

Authors

  • Raxmatova Shoxida Turaqulovna Author

Keywords:

undalma, lingvopoetika, sintaktik birlik, emotsionallik, ekspressivlik, lirik qahramon, poetik nutq, zamonaviy o‘zbek she’riyati.

Abstract

Ushbu maqolada Nuriddin Egamov ijodida undalmalarning qo‘llanishi va ularning lingvopoetik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda undalmalarning sintaktik, semantik va stilistik xususiyatlari yoritilib, ularning badiiy matndagi emotsional-ekspressiv hamda kommunikativ funksiyalari ochib beriladi. Shoir she’rlarida uchraydigan shaxs oti asosidagi undalmalar (ona, ota, do‘stim, qadrdon) va jonsiz narsa-hodisa hamda mavhum tushunchalarga qaratilgan undalmalar (bog‘im, eh hayot, kitob) lingvopoetik jihatdan tahlil qilinadi. Tahlil natijasida undalmalarning lirik qahramonning ichki kechinmalarini ifodalash, personifikatsiya vositasida obrazlilikni kuchaytirish hamda ijtimoiy-falsafiy mazmunni ochib berishdagi o‘rni asoslanadi. Maqolada undalmalarning zamonaviy o‘zbek she’riyatida poetik ta’sirchanlikni oshiruvchi muhim vosita ekanligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

References

Published

2026-09-03

How to Cite

NURIDDIN EGAMOV IJODIDA UNDALMALARNING QO‘LLANILISHI VA ULARNING POETIK AHAMIYATI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 11(1), 11-16. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/3180