DAVLAT TIBBIYOT TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISHNING AMALIY JIHATLARI

Authors

  • Kuliboyev Azamat Shonazarovich Author

Keywords:

budjet tashkiloti, buxgalteriya hisobi, davlat tibbiyot tashkiloti, hisobni tashkil etish, iqtisodiy tasnif, ko‘p manbali moliyalashtirish, rivojlantirish jamg‘armasi, g‘aznachilik hisobvarag‘i,

Abstract

Tezisda davlat tibbiyot tashkilotining aralash moliyalashtirish rejimiga o‘tishi hisobni tashkil etishga qanday ta’sir ko‘rsatgani o‘rganilgan. To‘rt tibbiyot tashkilotining 2019–2025–yillardagi hisobot ma‘lumotlari asosida tashkilotda to‘rtta mustaqil moliyaviy harakat ishlashi, ularning har biri alohida g‘aznachilik hisobvarag‘i va alohida hisobot shakliga ega ekani, manbalarni birlashtiradigan yig‘uvchi shakl esa umuman ko‘zda tutilmagani aniqlangan. O‘z daromadining umumiy resursdagi ulushi 36,5 foizdan 60,4 foizgacha o‘zgargan va so‘nggi yillarda ellik foiz atrofida barqarorlashgan. Budjet mablag‘lari uchun qat’iy talab qilinadigan tasnif batafsilligi budjetdan tashqari mablag‘lar uchun talab qilinmaydi: 2022–yilda tafsilotsiz “boshqa xarajatlar” satri jamg‘arma xarajatining 37,6 foizini tashkil etgan.

References

Published

2026-09-15

How to Cite

DAVLAT TIBBIYOT TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISHNING AMALIY JIHATLARI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 11(1), 148-153. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/3345