KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA SOLIQ MEXANIZMLARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI
Keywords:
Kambag‘allikni qisqartirishda, avvalo, daromadlarni soliqqa tortish mexanizmi muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotchilar D. Pulatov va boshqalar tomonidan O‘zbekistonda jismoniy shaxslar daromad solig‘ida soliq solinmaydigan minimumni kambag‘allik chegarasi bilan bog‘lash hamda yuqori daromad oluvchi qatlamlar uchun progressiv stavkalarni joriy etish taklif etilgan. Z. Abdullayev fiskal vositalar va bandlikni oshirish orqali daromadlar tengsizligini kamaytirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.Abstract
Bugungi kunda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlari o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur jarayonda soliqlar nafaqat davlat budjetini shakllantiruvchi fiskal vosita, balki aholi daromadlarini qayta taqsimlash, ijtimoiy adolatni ta’minlash va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmi sifatida ham namoyon bo‘ladi.
O‘zbekistonlik olim I. Niyazmetovning fikrlariga ko‘ra, soliqlarning muhim xususiyatlaridan biri ularning ijtimoiy yo‘naltirilganligi va jamiyatdagi iqtisodiy resurslarni qayta taqsimlashdagi rolidir. J. Buchanan esa soliqqa tortish va daromadlarni qayta taqsimlash jarayonida ijtimoiy adolat, manfaatlar muvozanati va jamiyat manfaatlarini hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi.