QASHQADARYO VILOYATIDA MEHNATGA LAYOQATLI AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Keywords:
mehnatga layoqatli aholi, xizmatlar sohasi, hududiy iqtisodiyot, bandlik, iqtisodiy faollik, mehnat bozori, xizmatlar bozori, inson kapitali, raqamli xizmatlar, Qashqadaryo viloyati, xizmatlar sifati, hududiy rivojlanish.Abstract
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida mehnatga layoqatli aholiga xizmat ko‘rsatish tizimining rivojlanish tendensiyalari hududiy iqtisodiyot nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan. Mehnatga layoqatli aholining iqtisodiy faolligi, bandlik holati, xizmatlar bozorining tarkibiy o‘zgarishlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, moliyaviy, transport, axborot-kommunikatsiya, savdo hamda boshqa xizmatlarning mehnat salohiyatini ro‘yobga chiqarishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslangan. Qashqadaryo viloyati bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlar asosida xizmatlar sohasining o‘sish sur’atlari va tarkibiy siljishlari tahlil qilinib, xizmat ko‘rsatish tizimining mehnat bozori bilan o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan. Tadqiqot natijasida xizmatlar bozorining miqdoriy kengayishi bilan bir qatorda, uning sifat, hududiy qulaylik, raqamlashtirish, kasbiy rivojlanish va mehnat unumdorligini oshirishga yo‘naltirilgan tarkibiy transformatsiyasini jadallashtirish zarurligi asoslangan. Shuningdek, mehnatga layoqatli aholiga xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirishning institutsional, iqtisodiy va tashkiliy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.