TASHABBUSLI BUDJET XARAJATLARI USTIDAN DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING AHAMIYATI
Keywords:
tashabbusli budjet, davlat moliyaviy nazorati, budjet xarajatlari, budjet mablag‘lari, jamoatchilik nazorati, moliyaviy nazorat, budjet jarayoni, moliyaviy xatarlar, riskga asoslangan nazorat, shaffoflik, raqamlashtirish, mablag‘lardan samarali foydalanish.Abstract
Mazkur maqolada tashabbusli budjet jarayoni doirasida amalga oshiriladigan xarajatlar ustidan davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tashabbusli budjet mablag‘laridan qonuniy, maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlashda davlat moliyaviy nazoratining o‘rni hamda ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, tashabbusli budjet loyihalarini shakllantirish, tanlash, moliyalashtirish va amalga oshirish bosqichlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy xatarlar, mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish holatlari hamda nazorat mexanizmlaridagi muammolar tahlil qilingan. Tashabbusli budjet xarajatlari ustidan nazorat samaradorligini oshirish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, shaffoflik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek, riskga asoslangan davlat moliyaviy nazorati mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.