BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH
Keywords:
budjet tashkilotlari, buxgalteriya hisobi, hisob siyosati, budjet mablag‘lari, moliyaviy hisobot, budjet hisobi, aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlar, ichki nazorat, raqamlashtirish, axborot texnologiyalari.Abstract
Mazkur maqolada budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Budjet tashkilotlarida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish, budjet mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanishni ta’minlashda buxgalteriya hisobining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, budjet tashkilotlarida hisob siyosatini shakllantirish, moliyaviy hisobotlarni tuzish, hisob-kitoblarni yuritish, aktiv va majburiyatlarni hisobga olish jarayonlarida uchraydigan muammolar tahlil qilingan. Buxgalteriya hisobini raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, hisob ma’lumotlarining shaffofligi va ishonchliligini oshirish hamda ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.