XITOY VA O‘ZBEK TILLARIDA TILSHUNOSLIK ATAMALARNING TARJIMASI, EKVIVALENTLIGI VA STANDARTLASHUVI

Authors

  • YUSUPOVA GO‘ZAL DAVLATOVNA Author

Keywords:

xitoy tili, o‘zbek tili, termin, tarjima, ekvivalentlik, kalkalash, standartlashtirish, tilshunoslik terminologiyasi, leksikografiya, terminologik lug‘at.

Abstract

Ushbu maqolada xitoy va o‘zbek tillaridagi tilshunoslik terminlari tarjima, ekvivalentlik va standartlashtirish nuqtai nazaridan qiyosiy tadqiq etiladi. Ikki tilning tipologik jihatdan bir-biridan farq qilishi terminlarni bir tildan ikkinchi tilga o‘girish jarayonida qator nazariy va amaliy muammolarni yuzaga keltiradi. Xitoy tilida ilmiy terminlarning aksariyati semantik komponentlar kombinatsiyasi asosida shakllansa, o‘zbek tilida milliy termin yasash vositalari bilan bir qatorda xalqaro terminlarni o‘zlashtirish tendensiyasi ham yuqori. Maqolada terminlarni to‘liq ekvivalent, qisman ekvivalent va bevosita ekvivalenti mavjud bo‘lmagan birliklarga ajratish, kalkalash, tavsifiy tarjima, transkripsiya va xalqaro terminlardan foydalanish kabi usullar tahlil qilinadi. Shuningdek, xitoycha-o‘zbekcha tilshunoslik terminologiyasini standartlashtirish, ikki tilli terminologik lug‘atlar yaratish va tarjimon hamda til o‘rganuvchilar uchun yagona terminologik bazani shakllantirish zarurati asoslanadi.

References

Published

2026-09-20

How to Cite

XITOY VA O‘ZBEK TILLARIDA TILSHUNOSLIK ATAMALARNING TARJIMASI, EKVIVALENTLIGI VA STANDARTLASHUVI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 11(1), 515-521. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/3502