SEMANTIK ANNOTATSIYALANGAN KORPUSLARNING MASHINA TARJIMASIDAGI AHAMIYATI ( O‘ZBEK TILI MISOLIDA)
Keywords:
mashina tarjimasi, neyron mashina tarjimasi, parallel korpus, semantik annotatsiya, semantik rol, o‘zbek tili, kam resursli til, tabiiy tilni qayta ishlash.Abstract
Mazkur maqolada mashina tarjimasi tizimlarida semantik jihatdan annotatsiyalangan lingvistik korpuslarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Unda mashina tarjimasining qoidaga asoslangan, statistik va neyron yondashuvlari hamda ularning lingvistik resurslarga bo‘lgan ehtiyoji yoritiladi. Semantik annotatsiyaning predikat, argument va semantik rollarni formal ifodalash orqali matn mazmunini chuqurroq modellashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, PropBank, FrameNet, SemCor va MultiSemCor kabi semantik resurslarning mashina tarjimasi va tabiiy tilni qayta ishlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda kam resursli tillar, xususan, o‘zbek tili uchun semantik annotatsiyalangan korpuslarni shakllantirishning dolzarb jihatlari yoritiladi.