DAVLAT TIBBIYOT TASHKILOTLARIDA HISOB SIYOSATINI TUZISH TARTIBI
Keywords:
davlat tibbiyot tashkilotlari, hisob siyosati, buxgalteriya hisobi, budjet hisobi standartlari, budjet mablag‘lari, ichki nazorat, moliyaviy hisobot, hisob usullari, aktivlar va majburiyatlar.Abstract
Mazkur tezisda davlat tibbiyot tashkilotlarida hisob siyosatini shakllantirishning nazariy-huquqiy va amaliy asoslari tadqiq etilgan. Hisob siyosati davlat sektori buxgalteriya hisobining muhim elementi bo‘lib, tibbiyot tashkilotlarida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar harakatini ishonchli hisobga olish, moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini ta’minlash hamda davlat moliyaviy nazorati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, budjet hisobi standartlari hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi me’yoriy hujjatlar asosida hisob siyosatini ishlab chiqish bosqichlari tahlil qilingan. Shuningdek, hisob siyosatining tarkibiy qismlari, uni tasdiqlash tartibi, buxgalteriya xizmati va tashkilot rahbarining mas’uliyati hamda hisob siyosatini raqamli buxgalteriya tizimlari va ichki nazorat mexanizmlari bilan uyg‘unlashtirish masalalari yoritilgan. Tezis yakunida davlat tibbiyot tashkilotlarida hisob siyosatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.References
Downloads
Published
2026-09-21
Issue
Section
Articles
How to Cite
DAVLAT TIBBIYOT TASHKILOTLARIDA HISOB SIYOSATINI TUZISH TARTIBI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 11(2), 85-91. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/3535