BUDJETLARNI TUZISH VA TASDIQLASHNING DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINI NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
Keywords:
Davlat moliyaviy nazorati, budjet jarayoni, budjetlarni tuzish, budjetlarni tasdiqlash, dastlabki nazorat, Budjet kodeksi, xarajatlar smetasi, budjet ishonchliligi, PEFA metodologiyasi, INTOSAI Lima deklaratsiyasi, OECD tamoyillari, jamoatchilik nazorati.Abstract
Mazkur tezisda budjetlarni tuzish va tasdiqlash bosqichidagi davlat moliyaviy nazoratining nazariy-huquqiy asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotda dastlabki davlat moliyaviy nazoratining mohiyati, uning budjet jarayonidagi o‘rni hamda INTOSAI Lima deklaratsiyasi, OECD budjet boshqaruvi tamoyillari va PEFA metodologiyasi bilan o‘zaro uyg‘unligi tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi hamda budjet tashkilotlari xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida milliy budjet nazorati tizimining huquqiy asoslari yoritilgan. Tadqiqot natijasida budjet ko‘rsatkichlarining asoslanganligini baholashning yagona miqdoriy mezonlari mavjud emasligi, mahalliy moliya organlarida rejalashtirish va nazorat funksiyalarining bir organ zimmasida jamlangani hamda hisobot shakllarida dastlab tasdiqlangan va aniqlashtirilgan budjet ko‘rsatkichlari alohida aks ettirilmasligi kabi muammolar aniqlangan. Tezisda budjetlarni tuzish va tasdiqlash bosqichidagi davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish uchun budjet ishonchliligi mezonlarini normativ jihatdan mustahkamlash, xavfga asoslangan dastlabki nazorat tizimini joriy etish hamda vakillik va jamoatchilik nazoratini tahliliy axborot bilan ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.