BUDJET TASHKILOTLARIDA INVENTARIZATSIYANI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-USLUBIY VA HUQUQIY ASOSLARI

Authors

  • Raximov Mashrabjon Axmatjonovich Author
  • Nurmanov Ulug‘bek Anarboyevich Author

Keywords:

Budjet tashkilotlari, inventarizatsiya, buxgalteriya hisobi, davlat mulki, davlat moliyaviy nazorati, hisob siyosati, ichki nazorat, inventarizatsiya komissiyasi, budjet hisobi standartlari, moliyaviy hisobot.

Abstract

Mazkur tezisda budjet tashkilotlarida inventarizatsiyani tashkil etishning nazariy-uslubiy va huquqiy asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda inventarizatsiyaning davlat mulkini saqlash, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash hamda davlat moliyaviy nazoratining muhim elementi sifatidagi o‘rni yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, 19-sonli “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish” BHMS, shuningdek, budjet hisobi standartlari talablari asosida inventarizatsiyani o‘tkazish tartibi, davriyligi, komissiya faoliyati va natijalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, inventarizatsiya natijalarini raqamli axborot tizimlari orqali rasmiylashtirish, ichki nazoratni kuchaytirish va davlat sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (IPSAS) talablariga uyg‘unlashtirish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijasida inventarizatsiyani tashkil etishda mavjud normativ-uslubiy uzilishlar aniqlanib, hisob siyosati doirasida inventarizatsiya grafigi, analitik ishchi schyotlar va inventarizatsiya natijalari bo‘yicha alohida ma’lumotnomani joriy etish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

References

Published

2026-09-21

How to Cite

BUDJET TASHKILOTLARIDA INVENTARIZATSIYANI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-USLUBIY VA HUQUQIY ASOSLARI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 11(2), 96-100. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/3537