AO‘ZBEKISTON SHAROITIDA OQ AMUR (CTENOPHARYNGODON IDELLA) BALIQLARINI INTENSIV YETISHTIRISH UCHUN SUV MUHITINING KIMYOVIY TARKIBI VA OZUQA RESURSLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Authors

  • To‘xsanov Shahboz A’lam o‘g‘li Author

Keywords:

oq amur, Ctenopharyngodon idella, intensiv yetishtirish, gidrokimyoviy parametrlar, suv sifati, erigan kislorod, ammiak, pH, ozuqa resurslari, o‘simlikxo‘r baliqlar, O‘zbekiston

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston suv havzalari va iqlim sharoitida oq amur (Ctenopharyngodon idella) baliqlarini intensiv usulda yetishtirishda suv muhitining asosiy kimyoviy parametrlariga (harorat, erigan kislorod, vodorod ko‘rsatkichi (pH), ammiak va nitritlar miqdori) va ozuqa resurslariga qo‘yiladigan talablar tahlil qilinadi. O‘zbekistonda baliqchilik sohasini rivojlantirish intensiv usullarni keng joriy etishni taqozo etmoqda. Oq amur – O‘rta Osiyo mintaqasida, jumladan O‘zbekiston daryolari, suv omborlari va sun’iy havzalarida tez o‘suvchanligi va mahsuldorligi bilan ajralib turadigan istiqbolli o‘simlikxo‘r baliq turidir. Maqolada mazkur baliq turi uchun optimal gidrokimyoviy sharoitlar hamda samarali ozuqa bazasini shakllantirishning ilmiy asoslari yoritilgan. Tadqiqot O‘zbekistonning turli hududlarida intensiv baliq yetishtirish amaliyotiga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.

References

Published

2026-09-21

How to Cite

AO‘ZBEKISTON SHAROITIDA OQ AMUR (CTENOPHARYNGODON IDELLA) BALIQLARINI INTENSIV YETISHTIRISH UCHUN SUV MUHITINING KIMYOVIY TARKIBI VA OZUQA RESURSLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 11(2), 106-111. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/3539