ANTROPOGEN OMILLARNING ATROF-MUXITGA TA’SIRI

Authors

  • Rahmonova Maftuna Sulaymon qizi Author

Keywords:

Ekologik muammolar inson faoliyati va tabiiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning kuchayishi natijasida shakllanadi. Inson tomonidan tabiiy resurslardan intensiv foydalanish, sanoat korxonalarining faoliyati, transport vositalari sonining ortishi, qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar va pestitsidlardan foydalanish, chiqindilarning hosil bo‘lishi va ularni boshqarishdagi kamchiliklar ekologik yuklamaning oshishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, sanoat korxonalaridan atmosferaga chiqarilayotgan gazlar, chang va aerozollar, shuningdek, tozalanmagan yoki yetarli darajada tozalanmagan oqova suvlarning tabiiy suv obyektlariga tushishi ekologik jihatdan muhim muammolardan hisoblanadi.

Abstract

Hozirgi davrda fan va texnika taraqqiyotining jadallashuvi, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining kengayishi, urbanizatsiya jarayonlarining kuchayishi hamda tabiiy resurslardan foydalanish ko‘lamining ortishi natijasida inson faoliyatining atrof-muhitga ta’siri tobora kuchayib bormoqda. Antropogen omillarning bosimi natijasida tabiiy ekotizimlarning strukturaviy va funksional xususiyatlari o‘zgarib, ayrim hududlarda ekologik muvozanatning buzilishi kuzatilmoqda. Bunday jarayonlar atmosfera havosi, suv va tuproq resurslarining sifatiga, biologik xilma-xillikka hamda tirik organizmlarning yashash sharoitlariga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.

References

Published

2026-09-21

How to Cite

ANTROPOGEN OMILLARNING ATROF-MUXITGA TA’SIRI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 11(2), 176-180. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/3558