EKOTURIZMDA EKOLOGIK MADANIYAT VA EKOLOGIK MAS’ULIYAT MASALALARI
Keywords:
Bugungi kunda global ekologik muammolarning kuchayishi, tabiiy resurslarning kamayib borishi hamda atrof-muhitning ifloslanishi inson oldiga tabiatni asrash bilan bog‘liq muhim vazifalarni qo‘yilmoqda. Shuning bilan birga ekoturizm tabiatni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash va aholining ekologik ongini oshirishga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida rivojlanmoqda. Ekoturizmning samarali tashkil etilishi esa ekologik madaniyat va ekologik mas’uliyatning shakllanganlik darajasiga bevosita bog‘liqdir.Abstract
Jamiyat taraqqiyoti jarayonida ekologik dunyoqarashning nazariy va amaliy darajalari uzluksiz rivojlanib boradi. Bunda urf-odatlar, an’analar hamda axloqiy normalarning ijtimoiy hayotdagi ta’siri kuchayishi natijasida huquqiy normalar, qonunlar va ma’muriy tartibga solish mexanizmlarining nisbiy ahamiyati ma’lum darajada o‘zgarishi mumkin. Biroq ushbu jarayonning samaradorligi bevosita ta’lim-tarbiya tizimining subyektiv omili — ya’ni insonning ekologik ong va madaniyat darajasiga bog‘liqdir.
Ma’naviy qadriyatlar tizimida ekologik dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishida tabiatga estetik munosabat alohida o‘rin tutadi. Tabiatni go‘zallik manbai sifatida idrok etish, uning estetik xususiyatlarini anglash va hissiy-estetik jihatdan qabul qilish insonning ekologik ongini boyitadi hamda tabiatga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi.