KICHIK QUVVATLI ISTE’MOLCHILARNI MIKRO GES YORDAMIDA ELEKTR ENERGIYA BILAN TA’MINLASH KUCH SXEMALARINI ISHLAB CHIQISH VA TAHLIL QILISH
Keywords:
Suv oqimi energiyasidan samarali foydalanishimizda gidroturbinalarni to’gri tanlash ham muhim ahamiyatga ega. Suv energiyasini mexanik energiyaga aylantiradigan qurilma gidroturbina deyiladi. Foydalanilayotgan energiya turiga qarab, gidroturbinalar aktiv va reaktiv turbinalarga bo’linadi. Reaktiv turbinalar oqimning potensial energiyasidan foydalanadi, aktiv turbinalar esa oqimning kinetik energiyasi hisobiga ishlaydi.Abstract
O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, gidroenergetika resurslaridan samarali foydalanish, mavjud suv resurslarining energetik salohiyatini keng jalb etish hamda kichik va mikro gidroelektr stansiyalar tarmog‘ini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-avgustdagi PQ-298-son “Mamlakatda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirishning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Qarorda kichik va mikro GES loyihalarini aniqlash, amalga oshirish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish, ularni raqamlashtirish, loyihalash va qurishda ekologik hamda ijtimoiy talablarni hisobga olish, shuningdek, xususiy investitsiyalarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutilgan [1].