PARABRONEMA NEMATODASINING NAVOIY VILOYATIDA TARQALISHI VA O’RGANILISH NATIJALARI.
Keywords:
Parabronema skrjabini, parabronemoz, tuyalar, nematodalar, gelmintologik yorib ko‘rish, gelmintozlar, oraliq xo‘jayinlar, qon so‘ruvchi pashshalar, Muscidae, Lyperosia titillans, Lyperosia irritans, Stomoxys calcitrans (kuzgi jigalka), invaziya ekstensivligi (EI), invaziya intensivligi (II), mavsumiy dinamika, lichinka, yuqish mexanizmi, Navoiy viloyati, Buxoro viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, cho‘l hududlari, qurg‘oqchil zona.Abstract
Parabronema skryabini nematodasining ekologiyasini o‘rganish uchun 1996-2005 yillarda O‘zbekistonning turli viloyatlarida 85 bosh tuya gelmintologik tekshiruvdan o‘tkazildi. Natijada O‘zbekistonda tuyalar parabronema nematodasi bilan asosan Buxoro va Navoiy viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘plab zararlanganligi ma’lum bo‘ldi. Parabronema skrjabini nematodasining oraliq xo‘jayinlari sifatida 3ta turga kiruvchi (Lyperosia titillans, L. irritans va Stomoxys calcitrans) qon so‘ruvchi pashshalar aniqlandi. Shuningdek, maqolada tuyalarning parabronema bilan yil fasllari bo‘yicha zararlanish dinamikasi, parabronemoz qo‘zg‘atuvchisiga qarshi bir qator preparatlarning (nilverm, panakur, ivomek va moranteltartrat) sinab ko‘rilganligi va bu preparatlarning natijalari to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltirilgan.