TOG‘LI HUDUDLARDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING GEOGRAFIK SHART-SHAROITLARI VA EKOLOGIK BARQARORLIK MASALALARI
Keywords:
tog‘ turizmi, geografik shart-sharoit, ekologik barqarorlik, ekoturizm, rekreatsion yuk, Ugom-Chotqol, Qoraqalpog‘iston, Ustyurt.Abstract
Tezisda tog‘li hududlarda turizmni rivojlantirishning geografik omillari (relyef, iqlim, gidrografiya, biologik xilma-xillik, transport imkoniyatlari) va ekologik barqarorlik muammolari xorij, MDH, O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘iston tadqiqotlari asosida tahlil qilingan. Tog‘lar quruqlikning taxminan 27 foizini egallaydi va jahon turizmining 15-20 foizini qabul qiladi. O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni 2021-2025-yillarda 1,88 mln dan 11,68 mln gacha (6,2 marta) o‘sgan, biroq 2025-yilda tashriflarning 67,3 foizi qarindoshlarni ko‘rish maqsadida bo‘lgan, ya’ni tog‘ turizmining ulushi alohida hisobga olinmaydi. Ugom-Chotqol milliy bog‘ida hayvon turlarining 20 foizi Qizil kitobga kiritilgan; Qoraqalpog‘istonda esa tog‘ turizmi emas, balki Ustyurt platosi qiyaliklariga asoslangan ekoturizm istiqbolli. Ruxsat etilgan rekreatsion yuk me’yorlari, zonalashtirish va jamoaviy turizm tavsiya etiladi.