SURUNKALI STRESS TA‘SIRIDA TUG‘ILGAN AVLODLAR QON ZARDOBIDA OKSIDLOVCHI STRESS VA ANTIOKSIDANT HIMOYA TIZIMI KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI HAMDA RESVERATROLNING KORREKSIYALOVCHI TA‘SIRI

Authors

  • Akbarova Mavludaxon Nodirbek qizi Author
  • Axmedova Sayyora Muxamadovna Author

Keywords:

surunkali stress, kortizol, malondialdegid, superoksiddismutaza, katalaza, oksidlovchi stress, antioksidant himoya, resveratrol.

Abstract

Ushbu tadqiqotda surunkali (shovqin) prenatal stress ta‘sirida tug‘ilgan kalamush avlodlari qon zardobida oksidlovchi stress va antioksidant himoya tizimi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, shuningdek resveratrolning korreksiyalovchi ta‘siri o‘rganildi. Tajribada 60 ta urg‘ochi oq kalamush nazorat, stress va stress+resveratrol guruhlariga (har birida n = 20) taqsimlandi; avlodlar qon zardobida kortizol, malondialdegid (MDA), superoksiddismutaza (SOD) va katalaza ko‘rsatkichlari postnatal 30-kunda aniqlandi. Stress guruhida kortizol darajasi nazoratga nisbatan 2,3, MDA darajasi esa ~2,8 marta yuqori, SOD va katalaza faolligi esa mos ravishda 44% va 52% ga past bo‘lgani aniqlandi (barchasi uchun p<0,001). Resveratrol qo‘llanilishi kortizol va MDA darajasini sezilarli kamaytirib, SOD va katalaza faolligini mos ravishda 50% va 63% ga oshirdi. Natijalar surunkali perinatal stressning chuqur oksidlovchi-antioksidant disbalans keltirib chiqarishini va resveratrolning bu buzilishni tiklashda samarali ekanligini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-10-31

How to Cite

SURUNKALI STRESS TA‘SIRIDA TUG‘ILGAN AVLODLAR QON ZARDOBIDA OKSIDLOVCHI STRESS VA ANTIOKSIDANT HIMOYA TIZIMI KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI HAMDA RESVERATROLNING KORREKSIYALOVCHI TA‘SIRI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 13(1), 41-44. https://conferns.com/index.php/ztf/article/view/4823