EKSPERIMENTAL GIPOTIREOZ FONIDA KALAMUSH BOLALARIDA JIGARNING STRUKTURAVIY ELEMENTLARI
Keywords:
gipotireoz, kalamush bolalari, jigar, strukturaviy elementlar, stroma, gepatotsitlar, sinusoidlar, portal trakt, morfometriya.Abstract
Ilmiy tezisda tiamazol (merkazolil) yordamida chaqirilgan eksperimental gipotireoz fonida kalamush bolalari jigarining strukturaviy elementlari — stroma, portal traktlar, gepatotsit tizimlari, sinusoid kapillyarlari, gepatotsitlar va markaziy venalar — o'rganilgan. Tadqiqot 17 ta hayvonda (nazorat guruh n=5; gipotireozning 10-, 30- va 60-kunlari guruhlari, har birida n=4) o'tkazildi. Jigar bo'laklari neytral formalinda fiksatsiya qilinib, kesmalar gematoksilin-eozin, Veygert hamda van Gizon usullarida bo'yaldi, morfometriya G.G. Avtandilov usuli bo'yicha bajarildi. Gipotireoz fonida jigar strukturaviy elementlarida muddatga bog'liq, bosqichma-bosqich rivojlanuvchi o'zgarishlar aniqlandi: portal trakt tomirlari kengayishi va stroma bo'shashishi, gepatotsit tizimlari tartibining buzilishi, sinusoidlarning notekis kengayishi, gepatotsitlarda vakuolli distrofiya va ikki yadroli hujayralar ulushining ortishi. Natijalar jigar strukturaviy elementlarining gipotireozga munosabatini ob'ektiv tavsiflaydi.